[Shahzoda]
Umr uzun yo`l, bekatlari mo`l,
Biri nurafshon, birida soya.
Navqiron do`stim, o`zing o`ylab ko`r:
Senga qadrdon ne maqsad, g`oya?

[Ulug’bek Rahmatullayev]
Bor shunday bekat, etguvchi sarson,
Bekorchilarga manzil-u makon.
Sen bu bekatda to`xtasang agar,
Umring adog`i – afsus, pushaymon!

[Shahzoda va Ulug’bek Rahmatullayev]
Keyingi bekat ne bo`lar keyin?
Ertangi hayot emasdir o`yin.
Kamol topmasang o`qib, o`rganib,
Keyin o`rningni topmog`ing qiyin.

Bor shunday bekat – borlig`i yorug`,
Ilm-u hunarga, hikmatga to`liq.
Navqiron do`stim, senga shu yo`l mos,
Qalbing to`rida maqsading ulug`.

[Ulug’bek Rahmatullayev]
Yana bir bekat o`yinlar aro,
Vaqtni boy berma, aldanma aslo.
Qolib ketsang gar ushbu bekatda,
Seni xorlikka etar mubtalo.

[Shahzoda]
Bor shunday bekat, etguvchi sarson,
Bekorchilarga manzil-u makon.
Sen bu bekatda to`xtasang agar,
Umring adog`i – afsus, pushaymon.

[Shahzoda va Ulug’bek Rahmatullayev]
Keyingi bekat ne bo`lar keyin?
Ertangi hayot emasdir o`yin.
Kamol topmasang o`qib, o`rganib,
Keyin o`rningni topmog`ing qiyin.

Bor shunday bekat – borlig`i yorug`,
Ilm-u hunarga, hikmatga to`liq.
Navqiron do`stim, senga shu yo`l mos,
Qalbing to`rida maqsading ulug`.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bekatlar
Xonanda:
Shahzoda, Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 18, 2017