Shahzoda - Biz yagona

Shahzoda

Biz yagona

Kezaman tanlaganim izlab,
Dunyo, sabr bergin,
Nigohim yo’lingda, unutmagin,
Sendir hayotim.

Sayr aylar taqdir sevgi istab,
Yurak, javob bergin!
Olismi manzilim, muhabbatim?
Asrayman sevgim, orzu-tilagim –
Sening qalbingda bo’lsak biz yagona.

Kel, dil sog’inib kel,
Quvonchingga men hamrohing bo’lay.
Xumoringman jamolingga,
Faqat istak yagona, sen bahona.

Kel, izlaganim, kel,
Dengizim bo’l, men sohiling bo’lay.
Yuragimda, hayotimda
Faqat istak parvona,
Biz – yagona, jonim.

Kezaman tanlaganim izlab,
Dunyo, sabr bergin,
Nigohim yo’lingda, unutmagin,
Sendir hayotim.

Kezaman tanlaganim izlab,
Dunyo, javob bergin,
Olismi manzilim, muhabbatim?
Asrayman sevgim, orzu-tilagim –
Sening qalbingda bo’lsak biz yagona.

Kel, dil sog’inib kel,
Quvonchingga men hamrohing bo’lay.
Xumoringman jamolingga,
Faqat istak yagona, sen bahona.

Kel, izlaganim, kel,
Dengizim bo’l, men sohiling bo’lay.
Yuragimda, hayotimda
Faqat istak parvona,
Biz – yagona, jonim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Biz yagona
Xonanda:
Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 20, 2014