• Shahzoda - Bobojon

    Shahzoda

    Bobojon

    Boshim silagan qo’llaringizni,
    Baxtim tilagan so’zlaringizni,
    Bosib siz yurgan yo’llaringizni,
    Izlab topolmam izlaringizni.
    Endi qaylardan toparman sizni
    Sog’inganda, bobojon?

    Bobojonim, qani yana
    Bola bo’lib yursam edi yoningizda,
    Mehribonim, qani yana
    Bir lahzaga ko’rsam sizni bog’ingizda.

    Siz ekkan daraxt mevasin terib,
    Har barglarin men silayman.
    Siz chekkan zahmat, mehnatingizni
    Anglab shu dam sizni bugun men sog’insam,
    Endi qaylardan toparman sizni
    Sog’inganda, bobojon?

    Bobojonim, qani yana
    Bola bo’lib yursam edi yoningizda,
    Mehribonim, qani yana
    Bir lahzaga ko’rsam sizni bog’ingizda.

    Qaytar yana umr bahori,
    Hayot tinmay etadi davom,
    To’xtaydi deb sog’inch ozori
    Kim aytadi menga, bobojon?

    Umr buncha qisqadir, umr?
    Bir zumgina qilolmas sabr.
    Qani iloj bol’saydi bir on
    Diydoringiz kor’sam, bobojon.

    Bobojonim, qani yana
    Bola bo’lib yursam edi yoningizda,
    Mehribonim, qani yana
    Bir lahzaga ko’rsam sizni bog’ingizda.