Shahzoda - Erkala

Shahzoda

Erkala

Tunlari meni erkalasang,
Sochlarim shamol kabi silasang,
Sevgini faqat menga aylasang,
Men samolarda parvoz etaman.

Ko’zlaring ko’rar bir meni faqat,
Shirin kechalar bilki – muhabbat,
Bir zum ko’rmasang, qilmaysan toqat,
Men samolarda parvoz etaman.

Erkala sochlarimni mayin,
Erkala, men parvoz etayin,
Erkala kechalar tinmay,
Jonim meni. (x2)

Nigohing, bag’ring men uchun dunyo,
Erkalashlaring sog’inchga davo,
Seni borliging umrimda ma’no,
Men samolarda parvoz etaman.

Tunlari meni erkalasang,
Sochlarim shamol kabi silasang,
Sevgini faqat menga aylasang,
Men samolarda parvoz etaman.

Erkala sochlarimni mayin,
Erkala, men parvoz etayin,
Erkala kechalar tinmay,
Jonim meni. (x6)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Erkala
Xonanda:
Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 18, 2014