• Shahzoda - Faqat sen

    Shahzoda

    Faqat sen

    (Faqat sen… Faqat sen…)

    Men negadir bilardim,
    Topaman deb seni baribir,
    Tushmi o’ngim, izlaganim,
    Seni uchratdim yolg’izim.

    Men seni ko’p izladim
    Sinovchi hayot yo’llarida,
    Men taqdiring, men yuraging,
    Bo’lsaydim sening xayoling.

    Sen, sen, sen,
    Faqat sen, sen,
    Men izlagan muhabbat,
    Qalbimdagi shirin hasrat.

    Faqat sen, sen, sen,
    Men orzu qilgan baxt sen.
    Men izlagan, doim tilagan,
    Muhabbat – sen, sen.

    (Faqat sen… Faqat sen…)

    Armon bo’lmagin deya,
    So’radim seni hayotimdan.
    Menga dunyo, sensan tanho,
    Sen – tanamdagi jon.

    Har bir so’zing, nigohing
    Senga zor yuragimga mador.
    Dil intizor, sen deb bedor,
    To abad senga vafodor.

    Sen, sen, sen,
    Faqat sen, sen,
    Men izlagan muhabbat,
    Qalbimdagi shirin hasrat.

    Faqat sen, sen, sen,
    Men orzu qilgan baxt sen.
    Men izlagan, doim tilagan,
    Muhabbat – sen, sen.

    (Faqat sen… Faqat sen…)

    Sen, sen, sen,
    Faqat sen, sen,
    Men izlagan muhabbat,
    Qalbimdagi shirin hasrat.

    Faqat sen, sen, sen,
    Men orzu qilgan baxt sen.
    Men izlagan, doim tilagan,
    Muhabbat – sen, sen.