Shahzoda - Hay-lay

Shahzoda

Hay-lay

Ko’rdimki uni – oshig’u shaydo,
Devona ekan-ey, ishqimda ado.
Nogahon ko’rib, hayrona bo’ldim,
Tanho ekanman-ey yuragida o’zim.

Falakda faryodi tutarkan meni deb,
Ko’ngli shodon ekan, har on meni deb.
Umid bormi, yo’qmi mening nazarimdan,
Buni o’ylamay u sevar yuragidan.

Hay-lay-lay-lalay,
Qalbimda baxt bir talay,
Hay-lay-lay, udek
Meni hech kim sevmagay. (x2)

Bir umrgadir vafosi menga,
Til ojiz meni deb ko’rgan azobiga.
Ishonmay bo’lmas chin sevgisiga,
Dil yig’lar meni deb ko’rgan azobiga.

Falakda faryodi tutarkan meni deb,
Ko’ngli shodon ekan, har on meni deb.
Umid bormi, yo’qmi mening nazarimdan,
Buni o’ylamay u sevar yuragidan.

Hay-lay-lay-lalay,
Qalbimda baxt bir talay,
Hay-lay-lay, udek
Meni hech kim sevmagay. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Hay-lay
Xonanda:
Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 25, 2015