Shahzoda - Ishon (Salom sevgi, hayr sevgi filmiga soundtrack)

Shahzoda

Ishon

Yo’llar uzun, masofa uzun,
Olislardan halak,
Senla bugun, sevgingla bu kun
Yashasam kerak.
Mehringga zorman, yana ozorman,
Aslo sog’inchdanmas.
Yana ko’zimdan, mening qalbimdan
Ketmasang kerak.

Ehtimol gumon,
Ehtimol sevgim armon.
Lekin har safar yurak,
Senga talpinar ishon.
Ehtimol gumon,
Senda bor sevgim ishon.
Lekin bu mag’rur yurak
Talpinar sevgim tomon.
Ishon… (ishon, ishon)

Tunlar yulduz bo’ladi hamroh
Mening chin sevgimga.
Mayin shamol tinglab so’zlarim,
Sherik dardimga.

Yana yonaman,
Armon bo’laman,
Sevgim aytolmasdan.
Nega sezmaysan,
Nega ko’rmaysan
Sevgim ko’zimdan?

Ehtimol gumon,
Ehtimol sevgim armon.
Lekin har safar yurak,
Senga talpinar ishon.
Ehtimol gumon,
Senda bor sevgim ishon.
Lekin bu mag’rur yurak
Talpinar sevgim tomon.
Ishon…(ishon, ishon)
Ishon…(ishon, ishon)
Ishon…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ishon
Xonanda:
Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 14, 2014