Shahzoda - Kechalar

Shahzoda

Kechalar

Yonadi, yonadi qalbim ichra yonadi dard,
Men o’zimdan bunchalik sevgini kutmagandim faqat.
Bilmadim yuragim menga bo’ysunmaydi hecham,
Sen meni qandayin olamga tashlading, jonginam?

Hayotimga sen kelgandan so’ng
Tunu kunimning mazmuni sensan,
Sendadir xayol, xayolimdagi xayol,
Sendadir, sendadir xayol.

Kechalari yoqimli, yoqimli,
Kechalari sehrli, sehrli,
Kechalari orzuli, orzuli
Senga bo’lgan sevgimning. (x2)

Nigohing menda ko’p bo’lgan ekan sezmasdim nega?
Nahotki, bu olov menga yongan bo’lsa dilingda?
Sen eding yonimda, lekin yo’lolmasdim har damda,
O’zimni izlardim sen mendan yashirgan so’zingda.

Hayotimga sen kelgandan so’ng
Tunu kunimning mazmuni sensan,
Sendadir xayol, xayolimdagi xayol,
Sendadir, sendadir xayol.

Kechalari yoqimli, yoqimli,
Kechalari sehrli, sehrli,
Kechalari orzuli, orzuli
Senga bo’lgan sevgimning. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kechalar
Xonanda:
Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 24, 2014