Shahzoda - Kelasan

Shahzoda

Kelasan

Zor kechalarda kelasan,
Oh, yana ado bo`lasan, men bilaman.
Qalbingga ozor beraman,
Ko`rganda mag`rur yuraman, sen bilasan.

Intizorim, vafodorim
Sen bo`lasan, sen bo`lasan.
Men bilaman, lekin seni
Sevolmasam, ayt ne qilaman?

Kelasan, yor yonimga kelasan,
Bo`lasan zor, dilozor bo`lasan.
Bilasan, sevmasligim bilasan,
Baribir yo`llarimda zor bo`lasan. (x2)

Sen yuragingni cho`g` etib,
Ko`yimda uzun tunlaring bedorsan.
Men senga yo`q dedim yana,
Lekin o`zim bu savdoning bemoriman.

Intizorim, vafodorim
Sen bo`lasan, sen bo`lasan.
Men bilaman, lekin seni
Sevolmasam, ayt ne qilaman?

Kelasan, yor yonimga kelasan,
Bo`lasan zor, dilozor bo`lasan.
Bilasan, sevmasligim bilasan,
Baribir yo`llarimda zor bo`lasan. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kelasan
Xonanda:
Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 29, 2016

O'xshash qo'shiqlar matnlari