• Shahzoda - Kuyov va kelinchak

    Shahzoda

    Kuyov va kelinchak

    Yuzda quvonch, dilda ishonch,
    Yaxshi niyat ila qo`lingni och.
    Abadiy muhabbat hadya etsin,
    Dildoshim.

    Yuzda kular nurli kunlar,
    Hamrohingiz bo`lsin baxtli tunlar.
    Hech qachon go`zallik tark etmasin,
    Sirdoshim.

    Kuyov va kelinchak,
    Baxt bo`lsin belanchak,
    Baxtingizga hech ham ko`z tegmasin,
    Kuyov-kelinchak.

    Baxtingizdan taralsin ishq nafasi,
    Ko`rganlarning kelsin sizga havasi,
    Mangu birga bo`ling, baxtli yuring,
    Nurga to`lsin muhabbat.

    Dunyo kular, nurli yo`llar,
    Shirin baxtga yetkazsin manzillar.
    Ko`zingizdagi shodliklar sizni
    Tark etmasin.

    Ko`ngil abad shod-u xursand,
    Hadya etsin Tangrim shirin farzand,
    Yuzingizdagi go`zal yog`du hech
    Ketmasin.

    Kuyov va kelinchak,
    Baxt bo`lsin belanchak,
    Baxtingizga hech ham ko`z tegmasin,
    Kuyov-kelinchak.

    Baxtingizdan taralsin ishq nafasi,
    Ko`rganlarning kelsin sizga havasi,
    Mangu birga bo`ling, baxtli yuring,
    Nurga to`lsin muhabbat. (x1+x1)

    Kuyov va kelinchak,
    Baxt bo`lsin belanchak,
    Baxtingizga hech ham ko`z tegmasin,
    Kuyov-kelinchak.

    Kuyov va kelinchak…