Shahzoda - Love you qo'shiq matni, lyrics

Shahzoda

Love you

Uni yuragim sog`inib kut,
Atrofim jim-jit, hayot sukut.
Dardlarim cheksiz,
Bir o`zim yolg`iz, sensiz.

Bo`shlik qoldi yuragimda,
Seni yo`qotdim osmonimdan.
Tunlar qorong`u,
Yer ko`rinmaydi yulduz.

Yodimda menga aytgan so`zing:
“Love you”. Uzoqlading mendan.
Yashayabman – sevgim bor,
Sensiz, sensiz.

Yodimda menga aytgan so`zing:
“Love you”. Hayotim ma’nosiz.
Yashayabman – sevgim bor,
Yolg`iz, yolg`iz.

Parchalading mening yuragim,
Dilimda qoldi mening so`zlarim.
Senga aytolmay,
Qalbimni qiynar har on.

Qaylardadir yog`adi yomg`ir,
Shuni bilgin, menga og`ir.
Yuragim senda
Yashar endi bir umr, umr.

Yodimda menga aytgan so`zing:
“Love you”. Uzoqlading mendan.
Yashayabman – sevgim bor,
Sensiz, sensiz.
Yodimda menga aytgan so`zing:
“Love you”. Hayotim ma’nosiz.
Yashayabman – sevgim bor,
Yolg`iz, yolg`iz. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Love you
Xonanda:
Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 29, 2018