[Bojalar guruhi]
Voy-yo`, ha-ha-ha…
Vo`, sanga olib keldim tapochka “Zara”.

Voy-yo`, janona, bo`ldim senga parvona,
Rubobimning sozi yoq, sozlab bergin janona.
Do-re-mi-fa-sol-ya-si, na’munali, foydali,
Polvon bola-chaqali, gapimga javob.

[Shahzoda]
Saning o`zing bir yona, man bir yona,
Qadam bosma man tomona.
Bo`lmagin atrofimda parvona,
Kul bo’larsan yona-yona.

[Bojalar guruhi]
Qoshingni qaro deydilar,
Sochingni ko`rsat, yor-yor.
[Shahzoda]
Qoshimni ko`rib nima qilasiz,
Siz akajonim, (yor-yor).

[Bojalar guruhi]
Sanga yoqadi “Armani”,
“Versace” yoki “Gucci”?
[Shahzoda]
Yo`lingdan qolma maqtanchoq,
Yuz gapdan bir ish yaxshiroq.

[Bojalar guruhi]
Sanga olib keldim “Zara”,
“Lui Fitto”, pulim bitdi!
[Shahzoda]
Qoldirma hammani hayron,
Gaplaring namuncha osmon?
[Bojalar guruhi]
Yonimga o`tir, jonim.
[Shahzoda]
Chuchvarani xom sanabsan!

[Shahzoda]
Yuz gapingdan bittasida ma`no yo’q,
Javobim tayyor eshit – aslo yo`q!
Sani ko`rsam yetishmaydi havo yo`q,
Yo`limda o`ralashmagin, maqtanchoq.

[Bojalar guruhi]
Erkatoyim Barbi, shokoladim mani,
Mashina bo`ldi pachoq, eshityapsanmi qo`g`irchoq?
Tegirmonning charxpalagi, Chimyonning yaxmalagi,
Nima kerak sanga, ayta qolgin manga.

[Shahzoda]
Saning o`zing bir yona, man bir yona,
Qadam bosma man tomona.
Bo`lmagin atrofimda parvona,
Kul bo`larsan yona-yona.

[Bojalar guruhi]
Sanga yoqadi “Armani”,
“Versace” yoki “Gucci”?
[Shahzoda]
Yo`lingdan qolma maqtanchoq,
Yuz gapdan bir ish yaxshiroq.

[Bojalar guruhi]
Sanga olib keldim “Zara”,
“Lui Fitto”, pulim bitdi!
[Shahzoda]
Qoldirma hammani hayron,
Gaplaring namuncha osmon?
[Bojalar guruhi]
Yonimga o`tir, jonim.
[Shahzoda]
Chuchvarani xom sanabsan!

[Bojalar guruhi]
Voy-yo’, ha-ha-ha…
Ovchi chiqdi o`rmondan,
Pichoq oldi karmondan.
Yo o`lasan yo qolasan,
Kim bilan sen qolasan?
[Shahzoda]
Chuchvarani xom sanabsan!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Maqtanchoq
Xonanda:
Bojalar guruhi, Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 10, 2015