[Shahzoda]
Taqdirimiz bog`lanar bugun,
Yosh ko`nglimda orzularim bor.
Siz-la baxtim bo`lgaydir butun,
Oldimizda hayot degan yo`l.

[Rashid Xoliqov]
Umr asli abadiy emas,
Sen deb yashay unda har nafas.
Uyimga baxt, nur bo`lib kelgin,
Shunda bizga qilishar havas.

[Shahzoda va Rashid Xoliqov]
Muhabbatim osmonida porlab turgan
Yulduzlarim baxsh etay bu oqshom,
Sevgilim, sen uchun.
Muhabbatim, eng sehrli har bir kecha,
Kunduzlarim baxsh etay bearmon,
Yolg`izim, sen uchun butun umr.

[Shahzoda]
Baxtimga siz sog`-omon bo`ling,
Doim mening yonimda yuring.
Shodligu g`am, sog`-xastalikda
Men ishongan tog` bo`lib turing.

[Rashid Xoliqov]
O`zingsan yuragimning gavhari,
Hayotimning asl javhari.
[Shahzoda]
Yolg`izim, vafodorim, yagonam,
Ishq o`tida yongan parvonam.

[Shahzoda va Rashid Xoliqov]
Muhabbatim osmonida porlab turgan
Yulduzlarim baxsh etay bu oqshom,
Sevgilim, sen uchun.
Muhabbatim, eng sehrli har bir kecha,
Kunduzlarim baxsh etay bearmon,
Yolg`izim, sen uchun.

[Rashid Xoliqov]
Muhabbatim osmonida porlab turgan
Yulduzlarim baxsh etay bu oqshom,
Yolg`izim, sen uchun.
[Shahzoda]
Muhabbatim, eng sehrli har bir kecha,
Kunduzlarim baxsh etay bearmon,
Sevgilim, siz uchun butun umr.

[Rashid Xoliqov] Butun umr.
[Shahzoda] Muhabbatim…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Muhabbatim
Xonanda:
Shahzod guruhi, Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 9, 2016