[Shahzoda]
Tomosha bog` yo`lida,
Yigit, kimni poylaysan?
Yo sevganing qo`liga
Gulni berish o`ylaysan?

[Dilmurod Musayev]
Sevarmu deb o`ylayman,
Bilmoq bo`lib ko`nglini.
Ba’zan o`zim qiynayman
Topolmay so`z o`ngini.

[Shahzoda]
Ba’zan o`zni qiynaysan-ey
Topolmay so`z o`ngini.

Deydilar, qush sezadi
Uchar qushning tilini,
O`ylaganing sevadi,
Shoshma, ochar dilini.

[Dilmurod Musayev]
Hozir xayol suraman,
Ranjimasdan birovdan.
Mayli, poylab turaman-ey,
Sevgim o`tar sinovdan.

[Shahzoda]
Mayli, poylab turaver,
Ishqing o`tar sinovdan.

Tomosha bog` yo`lida,
Yigit, kimni poylaysan?
[Dilmurod Musayev]
Yo sevganim qo`liga
Gulni berish o`ylayman.

[Shahzoda]
Gulni berish o`ylaysan-ey.
[Dilmurod Musayev]
Gulni berish o`ylayman.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Netay
Xonanda:
Dilmurod Musayev, Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 9, 2016