Shahzoda - Nolam

Shahzoda

Nolam

Yig’lab kelgan dunyodan kulib ketarman,
Kuylarim qolar abad.
So’nggi nafasimgacha seni kuylarman,
Baxtli malol muhabbat.

Besh kunlik hayotda dilga ishqni solding,
Kimdir Qays, kimdir Layli misol yashaydi.
Xayolim samoda, sevgi mavhum og’u,
Sharobga o’xshaydi.

Nolam-nolam, ay, muhabbatga yetay,
Nolam-nolam, ou, ayirmagin aslo.
Nolam-nolam, etma judo, Ollohim,
Nolam-nolam, shudir senga tanho ohim.
Nolam-nolam…

Yoniga qo’ysa ham gul, qafasdagi qush
Kuylamas dildan zinhor.
Yig’latib zor sevgini, sevgan insonlar,
Qalbini etmang abgor.

Yonar qo’shiqlarim muhabbatni kuylab,
Yuragimda nola aylaydi bir sevgi.
Qaylarda bo’lsam ham, nigohlarim nogoh
Izlaverar uni.

Nolam-nolam, ay, muhabbatga yetay,
Nolam-nolam, ou, ayirmagin aslo.
Nolam-nolam, etma judo, Ollohim,
Nolam-nolam, shudir senga tanho ohim.
Nolam-nolam… (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Nolam
Xonanda:
Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 26, 2015