• Shahzoda - Nozik qushcha

    Shahzoda

    Nozik qushcha

    Nozik qushchasan, ovozing etar shaydo,
    Senga yetay deb, o’zidan kechar hatto.
    Erkam, deya seni, sovuq kunlardan asrar,
    Seni o’ziga o’rgatib.

    Sen imkon qadar uzoq-uzoqlarga uchgin tezroq,
    Erkingni berib qo’yma, oltin qafas – shirin tuzoq.
    Qadringni bilgin, farq et, go’zal so’zga uchma aslo,
    Aldangan qancha qushlar qafas ichra chekar nido.

    Erib ketmagin, sevgisiga ishonib,
    Qalbin sinagin, qanchalar senga sodiq.