Shahzoda - O'kinch

Shahzoda

O’kinch

Men eslab, xayolim yetmas o`ylab,
Aylanar savol tinmay:
Nima gunohim, qani hatoyim,
Ne edi aybim?

Ko`z oldimdan hech ketmas
Oxirgi so`zing: Bilgin,
O`zgalar fikri afzal, muhim deganing,
G`iybatli so`zga taslim bo`lganing.

Xayolimda sen faqat qayda bo`lsam,
Xuddi kimdir isming aytar.
Bu ovoz, go`zal so`zlar,
Sening kulging ketmas hecham.

Yo`q, bu yosh o`zimni oqlash
Yoki oldingda rahm-shafqat
Uygotish emas,
Sensiz bu hayot menga qiziqmas.

Aniq bilaman shuni,
Yuragim endi sendan
O`zgani hecham chindan seva olmaydi,
Seva olmaydi, o`ylamaydi ham.

Xayolimda sen faqat qayda bo`lsam,
Xuddi kimdir isming aytar.
Bu ovoz, go`zal so`zlar,
Sening kulging ketmas hecham.

Bu ovoz, go`zal so`zlar,
Sening kulging ketmas…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’kinch
Xonanda:
Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 16, 2016