• Shahzoda - O'rtamizda

    Shahzoda

    O’rtamizda

    Sen xuddi begonaday
    Uzoqlardan menga ma’yus boqasan.
    Nigohingni bir zumga ko’zimdan olmaysan.

    Dilingda so’zing bo’lsa,
    Nima uchun kelib o’zing aytmaysan?
    Axir mening qalbimga qanchalar yaqinsan.

    O’rtamizda hech qachon ko’rinmas devor
    Bo’lishin xohlamayman.
    O’rtamizda hech qachon sevgidan o’zga
    Bir tuyg’u bo’lmasin, deyman. (x2)

    Bu hayot yo’li nogoh,
    Nimagadir bizlarni uchrashtirdi,
    O’shanda dillarimiz gullarga aylandi.

    Balki shudir muhabbat,
    Uni faqat yuraklarda asraylik,
    Quvonch yoki qayg’uda biz birga bo’laylik.

    O’rtamizda hech qachon ko’rinmas devor
    Bo’lishin xohlamayman.
    O’rtamizda hech qachon sevgidan o’zga
    Bir tuyg’u bo’lmasin, deyman. (x2)

    (O’rtamizda hech qachon ko’rinmas devor
    Bo’lishin xohlamayman…
    Bir tuyg’u bo’lmasin, deyman.)

    O’rtamizda hech qachon ko’rinmas devor
    Bo’lishin xohlamayman.
    O’rtamizda hech qachon sevgidan o’zga
    Bir tuyg’u bo’lmasin, deyman. (x2)