Shahzoda - O'zbegim

Shahzoda

O’zbegim

Bulbulzabon til berding,
Sevgi to`la dil berding,
Mangu qo`shig`im bo`lding, o`zbegim.
Yigirma besh yoshdasan,
Gultojimsan boshdasan,
Sen boshqasan, boshqasan, o`zbegim.

Tuprog`i to`tiyo yurt,
Bag`ri to`la ziyo yurt,
Osmonda oy yagona,
Yerda o`zing tanho yurt.

Kimlarga armon bo`lding,
Kimlarga darmon bo`lding,
Buyuk ipak yo`lida
Eng ulug` karvon bo`lding.

Bulbulzabon til berding,
Sevgi to`la dil berding,
Mangu qo`shig`im bo`lding, o`zbegim.
Yigirma besh yoshdasan,
Gultojimsan boshdasan,
Sen boshqasan, boshqasan, o`zbegim.
Mohitabon o`zbegim, shirinzabon o`zbegim! {x2}

Quchog`ing kezib yurdim,
Iqboling sezib yurdim,
Suygansan onam bo`lib,
Baxtingda baxtim ko`rdim.

Kimlarga armon bo`lding,
Kimlarga darmon bo`lding,
Buyuk ipak yo`lida
Eng ulug` karvon bo`lding.

Bulbulzabon til berding,
Sevgi to`la dil berding,
Mangu qo`shig`im bo`lding, o`zbegim.
Yigirma besh yoshdasan,
Gultojimsan boshdasan,
Sen boshqasan, boshqasan, o`zbegim.
Mohitabon o`zbegim, shirinzabon o`zbegim! {x2}

Hey yurtim, o`zim aylanay, o`zim o`rgilay,
Hey yurtim, adoying bo`lay, fidoying bo`lay.
Mohitabon o`zbegim, shirinzabon o`zbegim!
Mohitabon o`zbegim, shirinzabon o`zbegim!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zbegim
Xonanda:
Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 6, 2016