Shahriyor va Shahzoda - O'zbekiston futbol madhiyasi (Afruz guruhi, Saida, Rayhon) qo'shiq matni, lyrics

Afruz guruhi, Rayhon, Saida, Shahzoda, Shaxriyor

O’zbekiston futbol madhiyasi

(O`zbekiston Futbol Federatsiyasi namoyish etadi,
Olg`a O`zbekiston!)

[Shahzoda]
Millionlar o`yini shubhasiz – futbol,
Hayotingning mazmuniga aylansin futbol.

[Saida]
Butun dunyoning har doim qalbi bo`l,
Muxlislarni shod etgin, doimo O`zbekiston.

[Shahriyor]
O`zbekiston, O`zbekiston,
Olg`a-olg`a O`zbekiston,
O`zbekiston, gol-gol.

[Hammasi]
Olg`a-olg`a yurgin, bardam-bardam bo`lgin,
Zarba-zarba bergin, O`zbekiston!
Quvnay-o`ynayvergin, maydonni zabt etgin,
Butun dunyoni bo`ylab, O`zbekiston!
O`zbekiston! O`zbekiston!

Rayhon:
Raqiblarga bermagin yon, O`zbekiston,
Zafarsevar xalqimiz qolar har qachon.

[Afruz guruhi]
Tepganimiz hammasi gol bo`lsin, O`zbekiston,
Maydonni to`ldirsin jamoamiz ulkan, gol-gol.

[Shahriyor]
To`p suraylik dunyo maydonlari ichra,
Mag`lubiyat bizlardan ketsin nari.
Jahon kuboklarini boshimiz uzra ko`taraylik,
Ey, Temur avlodlari.

Pressing qo`llaymiz raqiblar tomon,
Tashabussni bermaymiz hech qachon.
Gollarni do`ldek yog`dirib tashlaymiz,
Olg`a-olg`a O`zbekiston!

[Hammasi]
Olg`a-olg`a yurgin, bardam-bardam bo`lgin,
Zarba-zarba bergin, O`zbekiston!
Quvnay-o`ynayvergin, maydonni zabt etgin,
Butun dunyoni bo`ylab, O`zbekiston!
O`zbekiston! O`zbekiston!

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zbekiston futbol madhiyasi
Xonanda:
Afruz guruhi, Rayhon, Saida, Shahzoda, Shaxriyor
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 13, 2018