Shahzoda - Qora ko'zlaring

Shahzoda

Qora ko’zlaring

Qora ko’zlaringga doimo men zorman,
Orzu ichra tongan ahvoli bemorman.
Har bir nafasingla doimo men borman,
Shirin so’zlaringga doimo xumorman.

Tunlarim ichra hijronda yongan
Qani o’sha go’zal oqshomlar,
Qayerda ular, yuragim ayt?

Orzu ichra tongan ozoringman,
Beg’uborim, yuragimda borsan.
So’zlaringga doimo zoringman,
Yolg’izim. (x2)

Yuragim faqat senla to abad,
Har nafasimda yolg’izligimni
(Bilmading, bilmading,
Ahvolim bilmading,)
Sen (kutganim bilmading,)
Aslo (sevganim sezmading).

Qora ko’zlaringga doimo men zorman,
Orzu ichra tongan ahvoli bemorman.
Har bir nafasingla doimo men borman,
Shirin so’zlaringga doimo xumorman.

Tunlarim ichra hijronda yongan
Qani o’sha go’zal oqshomlar,
Qayerda ular, yuragim ayt?

Orzu ichra tongan ozoringman,
Beg’uborim, yuragimda borsan.
So’zlaringga doimo zoringman,
Yolg’izim. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qora ko’zlaring
Xonanda:
Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 18, 2014