• Shahzoda - Sen menga kerak

    Shahzoda

    Sen menga kerak

    Yana seni eslatar
    Yog’ayotgan yomg’irlar,
    Tomchilar tinmay qalbim yaralar,
    Takror berar savollar:
    Ayb menda? Ayb kimda?
    Farqi bormi senga?
    Sarsondir tuyg’ular o’rtada.

    Qiynalar bu yurak,
    Sog’inchdan bir tilak –
    Qani endi seni bir ko’rsam,
    Jonginam, sen menga kerak.
    Sog’inchda bu yurak,
    Qolgan bitta tilak –
    Qani endi seni bir ko’rsam,
    Jonginam, sen menga kerak.
    Jonginam. Jonginam, jonginam.

    Nahot yo’q baxtli onlar,
    Qani endi va’dalar?
    Izlayman javobin qaydan endi?
    Shunga o’xshash savollar.
    Ayb senda? Ayb kimda?
    Balki ayb o’zimda?
    Jonginam, keraksan sen menga.

    Qiynalar bu yurak,
    Sog’inchdan bir tilak –
    Qani endi seni bir ko’rsam,
    Jonginam, sen menga kerak.
    Sog’inchda bu yurak,
    Qolgan bitta tilak –
    Qani endi seni bir ko’rsam,
    Jonginam, sen menga kerak.
    Jonginam… (x2)