• Shahzoda - Sevgi

    Shahzoda

    Sevgi

    Necha bor taqdir bizni solib azoblarga,
    Necha bor o`zi siylaydi bizni.
    Qanday sinovlar bor ekan yo`lida uning,
    Faqat Tangrimga ayondir, aqlim etmaydi.
    Gohida u go`zal ertak, gohida achchiq haqiqat,
    Gohida bahor u, gohi qish.

    Bu hayot, bu taqdir,
    Biz birga bir umrga.
    Sen baxtli, men baxtli,
    Bu orzu, bu ertak,
    Bu biz kutgan sevgi.

    Ikki begona bo`lgan farqli yuraklarni
    Birlashtirar yondirib sovuq ko`ngillarni.
    Shunda o`zing his qilasan qalbingda quvonch,
    Shunda sira tark etmaydi bag`ringga ishonch.
    Axir biz ham bilmagandik, tushimizda ko`rmagandik,
    Bo`lamizmi deb birga, jonim.

    Bu hayot, bu taqdir,
    Biz birga bir umrga.
    Sen baxtli, men baxtli,
    Bu orzu, bu ertak,
    Bu biz kutgan sevgi. (x1+x1)