Shahzoda - Sevgimiz abadiy

Shahzoda

Sevgimiz abadiy

Sen mendan olis bo`lganda,
Sog`inchim bildi bahor gullari,
Azobga soldi qalbimni
Hijron tunlari.

Men sensiz yolg`iz qolganda
Haroratingga bo`ldim zor.
Nigohing izladim, angladim shuni:
Sevgimiz abadiy!

O`tadi u baxtimiz bo`lgan tunlar ham,
O`tadi bu alamga to`la kunlar ham,
Qoladi faqat sevgimiz, sevgimiz.
O`tadi u baxtimiz bo`lgan tunlar ham,
O`tadi bu alamga to`la kunlar ham,
Abadiy faqat sevgimiz, sevgimiz.

Taqdirning sinovlariga
Beramiz, ishongin, bardosh ikkimiz.
Dunyoda bormiz, baxtimiz –
Yolg`iz sevgimiz.

Men sensiz yolg`iz qolganda
Haroratingga bo`ldim zor.
Nigohing izladim, angladim shuni:
Sevgimiz abadiy!

O`tadi u baxtimiz bo`lgan tunlar ham,
O`tadi bu alamga to`la kunlar ham,
Qoladi faqat sevgimiz, sevgimiz.
O`tadi u baxtimiz bo`lgan tunlar ham,
O`tadi bu alamga to`la kunlar ham,
Abadiy faqat sevgimiz, sevgimiz. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevgimiz abadiy
Xonanda:
Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 12, 2016