Shahzoda - Shunchaki

Shahzoda

Shunchaki

Nola qilur nola,
Ishq uyida qizbola,
Yana yurak bag’ri pora,
Ish kuyida dil pora.

Nola qilur nola,
Ish uyida qizbola,
Sevgidan yurak pora,
Aldangandek u zora.

Yolg’on sevgiga aldanma,
Meni sevar deb xo’rlanma,
Nahot shu bo’lsa sevgi deb oylanma.

Chin sevgi bu boshqacha,
Tuyg’ulari o’zgacha,
Chin sevgi yo’q o’n yetti yoshgacha.

Shunchaki, sevgi o’zi dard,
Shunchaki, sevgi u befarq.
Gohi alam, gohi qayg’u,
Goh shirindir, gohi og’u.
Shunchaki, sevgi o’zi dard.

Goh kuysa u goh yonsa,
Dil sog’inib uyg’onsa,
Yana bor umidlar so’nsa,
Sevgidan ko’ngil qolsa.

Goh kuysa u goh yonsa,
Dil qayg’ula uyg’onsa,
Orzudan yurak tonsa,
Nahot armon shu bo’lsa?

Yolg’on sevgiga aldanma,
Meni sevar deb xo’rlanma,
Chin sevgi yo’q o’n yetti yoshgacha.

Shunchaki, sevgi o’zi dard,
Shunchaki, sevgi u befarq.
Gohi alam, gohi qayg’u,
Goh shirindir, gohi og’u.
Shunchaki, sevgi o’zi dard.

Shunchaki, sevgi o’zi dard.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shunchaki
Xonanda:
Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 25, 2014