Erta sahardan qadam-baqadam
Ortimdan yuradi oshiqlar har dam,
Sevaman deydi u, uzoq ketmaydiku,
Ko’nglimni olaman deganlar olsin dam-dam-dam.
Yetish oson emas, sevgi chiroydamas,
Har xil soxta so’zlar faqat menga emas.

Yuragim samimiy sevgi izlar,
Birovga atalgan bu so’zlar.
Intizor kutaman baxtimni,
Tinmay yillar o’tar.

Kelgin bo’laylik baxtli,
Hayot bo’lsin chiroyli.
Sevgimiz parvoz etsin,
Dillar manzilga yetsin.

Izlaganing, bu senmi?
Chin sevganim bu menmi?
Baxtim bo’lsang barigal-barigal,
Yorim bo’lsang barigal-barigal.

Bemor qalbim xasta,
Senga chorlar asta-asta,
Ro’paramda senday go’zal lady,
Ishon o’sha menman, menman.

Sen izlagan inson, sevgim chindir,
Ishon seni deydi mening qalbim
Har on, har on, har on.
Betakrorsan, yanada beg’uborsan,
Oshiqlar atrofingda parvona,
Sening yoningda.

Super lady, yuragim seni deydi,
Sevgingga erisharman, albatta
Sening bu qo’lingda.

Kelgin bo’laylik baxtli,
Hayot bo’lsin chiroyli.
Sevgimiz parvoz etsin,
Dillar manzilga yetsin.

Izlaganing, bu senmi?
Chin sevganim bu menmi?
Baxtim bo’lsang barigal-barigal,
Yorim bo’lsang barigal-barigal.

Qiynagin mayli,
Imkon bermagin mayli,
Ishonaman o’zimga,
Bir kun yetaman sevgimga.

Mening qalbim endi yorqinroq,
Faqat kelsang bo’ldi yaqinroq.
Har kuni tongdan shoshaman sen tomonga,
Kelmayman men o’zimga, qarasang sen ko’zimga.

Yasharman seni deb, ozor chekmagin deb,
Tuyg’ularim chindir, sevgim senga atalgandir.

Kelgin bo’laylik baxtli,
Hayot bo’lsin chiroyli.
Sevgimiz parvoz etsin,
Dillar manzilga yetsin.

Izlaganing, bu senmi?
Chin sevganim bu menmi?
Baxtim bo’lsang barigal-barigal,
Yorim bo’lsang barigal-barigal.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Super lady
Xonanda:
Jasur G'oipov, Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 3, 2015