Shahzoda - Surxondaryochasiga

Shahzoda

Surxondaryochasiga

Qoling izimdan endi,
Qo`ying tinch bir zum meni,
Ko`z qismang Surxondaryochasiga.
Bersam ham sizga ozor,
Aytay, sevgan yorim bor,
Yo`l to`smang Surxondaryochasiga.

Do`mbirangiz qo`lga olib,
Alpomishdek kuylaysiz,
Sizga Barchin bo`lmasman,
Ishq dardida kuygaysiz, yallo-yallo.

Atlasmikan, adrasmikan,
Yorim bergan ro`molchani bilmasmikan?
Sizni undan ham ko`proq sevaman deya,
Ko`zga qarab aldar Surxondaryochasiga.

Yorim bor xulqi a’lo,
Ishqimda bo`lmang ado,
Urinmang Surxondaryochasiga.
“Majnuntolning ostiga,
Kelasizmi rostiga?”,
So`ramang Surxondaryochasiga!

Do`mbirangiz qo`lga olib,
Alpomishdek kuylaysiz,
Sizga Barchin bo`lmasman,
Ishq dardida kuygaysiz, yallo-yallo.

Atlasmikan, adrasmikan,
Yorim bergan ro`molchani bilmasmikan?
Sizni undan ham ko`proq sevaman deya,
Ko`zga qarab aldar Surxondaryochasiga. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Surxondaryochasiga
Xonanda:
Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 18, 2016