Shahzoda - Tirikmanmi (O Maryam filmiga soundtrack)

Shahzoda

Tirikmanmi

Qalbimda oh chekar qayg’u,
Yolg’iz baxting o’zim bo’lsam.
Taskin topardi yuragim,
Jonim, seni baxtli ko’rsam.

Yig’layabman ko’zimda yosh,
Dardim qalbimni tig’laydi.
Taqdirim shuncha bag’ritosh,
Yuragim usiz yig’laydi.

Tobora so’ngan yuragim
Sendan umidin uzmaydi,
Balki bir zum qaytar deya,
Qalbim umid tark etmaydi.

Hatto afsus chekar osmon,
Dardim tinglab yig’lar tinmay.
Tikilib yomg’irga uzoq,
Tirikmanmi, yo’qmi bilmay.

Orzularim armonlarga
G’arq bo’lib bo’lgan bo’lsa ham,
Sendan so’nggi o’tinchim bor:
Xayolimga bir zum qaytsang.

Yig’layabman ko’zimda yosh,
Dardim qalbimni tig’laydi.
Taqdirim shuncha bag’ritosh,
Yuragim usiz yig’laydi.

Tobora so’ngan yuragim
Sendan umidin uzmaydi,
Balki bir zum qaytar deya,
Qalbim umid tark etmaydi.
Hatto afsus chekar osmon,
Dardim tinglab yig’lar tinmay.
Tikilib yomg’irga uzoq,
Tirikmanmi, yo’qmi bilmay. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tirikmanmi
Xonanda:
Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 27, 2015