• Shahzoda - To'rt qadam

    Shahzoda

    To’rt qadam

    Sog’inchim o’zing, jonim bilasanmu,
    Mehrim senda, jonim sezasanmu?
    Seni ko’rgim keladi dunyoda
    Yakka o’zimniki degim keladi.

    To’rt qadam qoladi yetishga senga,
    To’rt qadam qoladi yetishga menga,
    Lekin chekinamiz nega orqaga,
    Qo’rqamizmi baxtli bo’lishga?

    Nega ishonmayman o’zimga,
    Nega ishonmaysan o’zingga?
    Axir balki, bu taqdir,
    Taqdir balki, bu axir.

    Ko’z yoshlarim tomadi tim-tim,
    Qalbim eziladi sen bo’lmasa kim?
    Kim senchalar sevadi meni,
    Kim menchalar asraydi seni, seni?

    Unutishga intildim seni, jonim,
    Unutishga intilding meni, zorim.
    Ma’no bormi, qalbimiz vayron axir,
    Ayriliq azobi qanchalik og’ir.

    To’rt qadam qoladi yetishga senga,
    To’rt qadam qoladi yetishga menga,
    Lekin chekinamiz nega orqaga,
    Qo’rqamizmi baxtli bo’lishga?

    Nega ishonmayman o’zimga,
    Nega ishonmaysan o’zingga?
    Axir balki, bu taqdir,
    Taqdir balki, bu axir.

    Ko’z yoshlarim tomadi tim-tim,
    Qalbim eziladi sen bo’lmasa kim?
    Kim senchalar sevadi meni,
    Kim menchalar asraydi seni, seni?

    Nega ishonmayman o’zimga,
    Nega ishonmaysan o’zingga?
    Axir balki, bu taqdir,
    Taqdir balki, bu axir.

    Ko’z yoshlarim tomadi tim-tim,
    Qalbim eziladi sen bo’lmasa kim?
    Kim senchalar sevadi meni,
    Kim menchalar asraydi seni, seni?