• Oy qani? Negadir zulmat osmon,
    Yulduzlarini yo`qotgan tun.
    Sen mening yonimda bo`lmagan on
    Dunyo shunday zulmat men uchun.

    Tark etar meni orzular,
    Sen yonimda bo`lmasang.

    Ursa, ursa, ursa,
    Takrorlaydi tinmay
    Har zarbida ismingni yurak.
    Yonsa, yonsa, yonsa,
    Yongan yuragimga
    Sen kerak, sen kerak, sen kerak!

    Sen men uchun hamon nafasimsan,
    Sen yashashim uchun zarursan.
    Sen borim, orzuim, havasimsan,
    Sevsang ham, lek juda mag`rursan.

    Endi yo`q hayotda armonim,
    Yonimda bo`lsang bo`ldi.

    Ursa, ursa, ursa,
    Takrorlaydi tinmay
    Har zarbida ismingni yurak.
    Yonsa, yonsa, yonsa,
    Yongan yuragimga
    Sen kerak, sen kerak, sen kerak!

    Ursa, ursa, ursa… {x2}

    Ursa, ursa, ursa,
    Takrorlaydi tinmay
    Har zarbida ismingni yurak.
    Yonsa, yonsa, yonsa,
    Yongan yuragimga
    Sen kerak, sen kerak, sen kerak! (x2)