Shahzoda - Xayollarim

Shahzoda

Xayollarim

Sahroda yellar unsiz esadi,
Samoda oy ham yolg’iz kezadi,
Kuzgi barglarni yomg’ir uzganda
Sog’inib yurak seni izladi.

Xayollarim shoshilar senga,
Xayollarim talpinadi bir o’zingga,
Kechalari ko’kda yulduzlar,
Har biri o’z baxtini izlar,
Xayollarim olib ketar o’zimni senga.

Hayot o’tarkan cheksiz yo’llardan,
Yashil bog’lardan, gohi cho’llardan,
Meni bir zumga yolg’iz qoldirma,
Sensiz ko’z yoshim qolar gullarda.

Xayollarim shoshilar senga,
Xayollarim talpinadi bir o’zingga,
Kechalari ko’kda yulduzlar,
Har biri o’z baxtini izlar,
Xayollarim olib ketar o’zimni senga.

Sevinchga to’lar dunyo sen bilan,
Baxtim, taqdirim, sevgim ham sen bilan.

Xayollarim shoshilar senga,
Xayollarim talpinadi bir o’zingga,
Kechalari ko’kda yulduzlar,
Har biri o’z baxtini izlar,
Xayollarim olib ketar o’zimni senga.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xayollarim
Xonanda:
Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 14, 2014