Shahzoda - Yo'l ber qo'shiq matni, lyrics

Shahzoda

Yo’l ber

Har dilning bor hikoyasi,
Avvali-yu nihoyasi.
Sinovlardan qo`rqma, yurak,
Har dardingning bor chorasi.

Yomon holi yomon bo`lar,
Hiylalari tamom bo`lar.
Sabr qilsak, bir kun kelib,
Baxt keladi, omad kelar.

Kel do`st bo`lay – qo`l ber dunyo,
Yo`lga chiqdim – yo`l ber dunyo.
Kel do`st bo`lay – qo`l ber dunyo,
Yo`lga chiqdim – yo`l ber dunyo.

Halol noning o`zingniki,
Haqqing berma, haqqingni ol.
Zulmatlarda qolmay desang,
Sen quyoshni quchoqlab ol. {x2}

Orzularning oq buluti,
Umidingning mitti guli,
Omon bo`lsak, bu dunyoda
Davom etar hayot kuyi.

Kel do`st bo`lay – qo`l ber dunyo,
Yo`lga chiqdim – yo`l ber dunyo.
Kel do`st bo`lay – qo`l ber dunyo,
Yo`lga chiqdim – yo`l ber dunyo.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yo’l ber
Xonanda:
Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 10, 2018