[Ulug’bek Rahmatullayev]
O`rtamizda qorli tog`lar, sog`inch yomonda,
Sen u tomonda, men bu tomonda.
Sensiz xazon bog`u-rog`lar, qoldim gumonda,
Sen u tomonda, jonim, men bu tomonda.

[Shahzoda]
San quyoshimsan, ko`zimda yoshimsan,
Sog`intirma, jonim iltimos.
Parvonang bo`lay, yagonang bo`lay,
Yolg`iz qo`yma hattoki bir oz.

[Shahzoda va Ulug’bek Rahmatullayev]
Bir on bir yon ketma yor,
Mani devona etma yor,
Ayt sen telbami yoki man telba?
Voy-voy yonaman.

San xayolim yor,
Yana o`sha savolim bor:
Aytgin sen telbami yoki man telba?
Voy-voy yonaman.

[Ulug’bek Rahmatullayev]
Bir lahzaga ko`zdan yiroq ketma chirog`im,
Manga dunyoda hammadan san yaxshirog`im.
Yonimda bo`lsang ham, seni sog`inaman man,
Bir soniya ko`rmay qolsam, dilda firog`im.

[Shahzoda]
San quyoshimsan, ko`zimda yoshimsan,
Sog`intirma, jonim iltimos.
Parvonang bo`lay, yagonang bo`lay,
Yolg`iz qo`yma hattoki bir oz.

[Shahzoda va Ulug’bek Rahmatullayev]
Bir on bir yon ketma yor,
Mani devona etma yor,
Ayt sen telbami yoki man telba?
Voy-voy yonaman.
San xayolim yor,
Yana o`sha savolim bor:
Aytgin sen telbami yoki man telba?
Voy-voy yonaman. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yonaman
Xonanda:
Shahzoda, Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 26, 2016