• Shahzoda - Yurak sezar

    Shahzoda

    Yurak sezar

    Tengsiz boylik imkonini
    Ko`z-ko`z qilar shahzodalar.
    Lekin hech biri ko`nglim topolmas,
    Uyg`otolmas mening sevgimni.

    Qayerdadir mening baxtim,
    Qayerdadir intizorim.
    Bor bu dunyoda men kutgan inson,
    Bor yulduzim, sezar yuragim.

    Yurak sezar, ishonib yurak sezar,
    Izlab topar bir kuni, sevgilim meni topadi.
    Yurak sezar, ishonib yurak sezar,
    Olib ketar bir kuni, orzuim meni topadi.

    Men kutganim shahzodamas,
    U hech kimga o`xshamaydi.
    Lekin bor unda boylikdan afzal
    Muhabbati, menman hayoti!

    Yurak sezar, ishonib yurak sezar,
    Izlab topar bir kuni, sevgilim meni topadi.
    Yurak sezar, ishonib yurak sezar,
    Olib ketar bir kuni, orzuim meni topadi. (x1+x1)