Sharof Muqimov - Boja bo'lamiz qo'shiq matni, lyrics

Sharof Muqimov

Boja bo’lamiz

Sen bilan birga o`sdim,
Biz qadrdon jo`ramiz. (x2)
Zo`r rejam borki do`stim,
Boja-boja bo`lamiz. {x4}

Yorimning tiniq chashma
Singlisi ishqqa tashna. (x2)
O`shanga uylan, oshna,
Boja-boja bo`lamiz. {x4}

Kuyovto`ra – men, mayli,
Yangangiz bizning Layli. (x2)
Qirq-karnay surnayli
Boja-boja bo`lamiz. {x4}

Boja… bo-bo-boja…

Qaynotamiz zo`r odam,
Qaynonamiz serkaram.
Borini ko`rib baham,
Boja-boja bo`lamiz.

Opa-singil ovsinlar
Xizmatimiz qilsinlar. (x2)
Yovlar ko`rib qo`ysinlar –
Boja-boja bo`lamiz. {x4}

Boja…

Sen bilan birga o`sdim,
Biz qadrdon jo`ramiz. (x2)
Zo`r rejam borki do`stim,
Boja-boja bo`lamiz. {x8}

Boja… bo-bo-boja…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Boja bo’lamiz
Xonanda:
Sharof Muqimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 20, 2017