Diyorim, senga bo`lsin
Shuhrat-u shon muborak.
Xalqing – Vatan chirog`i,
Nurli makon muborak.

Xumo qushi boshingda
Bu navqiron yoshingda,
Bo`lsin eling salomat,
Chin soyabon muborak.

Har bir yiroq yaqindan
Ko`zga ko`rindi shundan,
Sayri fazo zamindan
To osmon muborak.

Sinovli kunlar o`tib,
Karvonlar keldi qaytib.
Davronlar keldi qaytib,
Ketmas davron muborak.

Bog`da bulbul roz qilgan,
Atri har yon sochilgan,
Turfa gullar ochilgan-o
Bog`u bo`ston muborak.

Har kuning bo`ldi bayram,
Qadamni bosgin ildam.
Ko`nglimda bir shukronam –
Baxtli zamon muborak.

Diyorim, senga bo`lsin
Shuhrat-u shon muborak.
Xalqing – Vatan chirog`i,
Nurli makon muborak.

Diyorim, senga bo`lsin
Shuhrat-u shon muborak.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Muborak
Xonanda:
Sharofiddin Murodov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 6, 2016