Sharofiddin Murodov - O'zingizni ehtiyot qiling

Sharofiddin Murodov

O’zingizni ehtiyot qiling

Bitar bir kun boshlangan uylar,
O`tar o`g`il, qizlarga to`ylar, (x2)
Tugamasdan bu hayot kuylar,
O`zingizni ehtiyot qiling. (x2)

Araz qilsa, qaytar yoringiz,
To`kib-soling dilda boringiz, (x2)
Topilmaydi qayta oringiz,
O`zingizni ehtiyot qiling. (x2)
O`zingizni ehtiyot qiling.

Xabar oling aka-singildan,
Yomonlikni qo`ying ko`ngildan, (x2)
Ortga qaytmang yaxshilik yo`ldan,
O`zingizni ehtiyot qiling. (x2)
O`zingizni ehtiyot qiling.

Xavotirga qo`ymang onangiz,
Duosini oling otangiz, (x2)
Xizmat qilsin sizga bolangiz,
O`zingizni ehtiyot qiling. (x2)

Bitar bir kun boshlangan uylar,
O`tar o`g`il, qizlarga to`ylar, (x2)
Tugamasdan bu hayot kuylar,
O`zingizni ehtiyot qiling. (x2)

O`zingizni ehtiyot qiling,
Do`stim, o`zingizni ehtiyot qiling.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zingizni ehtiyot qiling
Xonanda:
Sharofiddin Murodov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 4, 2016