Shaxriyor - Amaki

Shaxriyor

Amaki

Amakijon, amaki,
Ko`p chekmangiz tamaki.
Tamakida zahar ko`p,
Yo`taltirar juda xo`p.

Tamakining puliga
Olma oling kuniga.
Olmada ko`p vitamin,
Tamakida nikotin.

Tamaki chekkan kishini
Ochib ko`rgin tishini:
Yarmi sariq, yarmi yo`q,
Tamaki chekib ko`ngli to`q.

Do`stim, sendan iltimos –
Qadamingni o`ylab bos.
Ko`p cheksang tamaki,
Bo`lib qolasan amaki. (x2)

Amaki… tamaki… chekish yo`q…

Bo`lmay desang saraton,
Bu odatdan kech, nodon!
Tashla tamaki chekishni,
Yosh umring qilma xazon.

Tamaki koni zarar,
Tamaki koni zahar.
Uchma chiroy nomiga,
Tortib ketar domiga.

Yegin mango, ananas,
Ko`rganlar qilar havas.
Yo apelsin, mandarin,
Qurib ketsin nikotin.

Eh amaki, amaki,
Ishbilarmon amaki,
G`irt bekorchi amaki,
Keling chekmang tamaki.

Do`stim, sendan iltimos –
Qadamingni o`ylab bos.
Ko`p cheksang tamaki,
Bo`lib qolasan amaki. (x2)

Amaki… tamaki… chekish yo`q…
Mana shunaqa oddiy break…

Amaki… ta-ta-tamaki… che-che-chekish yo`q…
Che-che-chekish yo`q…
Amaki… tamaki… chekish yo`q…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Amaki
Xonanda:
Shaxriyor
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 4, 2016