• Shaxriyor - Dasturxonga kelinglar (Navro'z)

    Shaxriyor

    Dasturxonga kelinglar

    Darturxonga kelinglar, bo`linglar-bo`linglar,
    Noz-u ne’matlardan tortinmay olinglar-olinglar,
    Bo`linglar-bo`linglar.

    Yurtimizda to`y-u tomosha ko`ngillar osha,
    Doimo, hamisha mart oyida afisha.
    Yana ona tabiat uyg`onar boshqatdan,
    Hey, gul rangiga to`ldi, yam-yashil ko`kat.

    Ko`chalarda to`la odam, bayramona kayfiyat ila
    Sumalakdan olinglar, qani bo`laqolinglar.
    Vitaminlarga to`la afsonaviy taom,
    Orom baxsh etadi hammaga, mazza, lazzati o`zgacha.
    Topilmagunicha tagidagi tosh talash,
    Sumalakdan ulash, sumalakdan ulash.

    Darturxonga kelinglar, bo`linglar-bo`linglar,
    Noz-u ne’matlardan tortinmay olinglar-olinglar.
    Bugun bayram, hammamiz bitta oila-oila,
    O`yin-kulgu qilinglar, yayrab qolinglar-qolinglar. (x2)

    Bobodehqon ko`zlarida quvonch nurlari,
    Yog`iladi yomg`ir, ekindan darak.
    Kapalaklar uchadi, gullagan diyor,
    Hamma baxtiyor, kuyla Shaxriyor!

    Quyoshda tovlanadi osmonda kamalak,
    Charxpalak aylanadi yana, ariqchada suv to`la.
    Ona-bola boshiga gulchambar yasadi,
    Mayin shamol esadi, qir-u adir kezadi
    Bahor faslidagi yoqimli shabboda, yoqimli shabboda.
    Bahor faslidagi yoqimli shabboda-shabboda.

    Darturxonga kelinglar, bo`linglar-bo`linglar,
    Noz-u ne’matlardan tortinmay olinglar-olinglar.
    Bugun bayram, hammamiz bitta oila-oila,
    O`yin-kulgu qilinglar, yayrab qolinglar-qolinglar. (x2+x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.