Shaxriyor - Ismi yuragimda

Shaxriyor

Ismi yuragimda

Yigit shamoldan kechga qolmasdan,
Chang ko`targan edi osmonu-pastdan,
O`sha bola, oddiy bola,
Hamma yurakdan joyni olgan.

Lekin afsus, bitta yurak javobsiz,
U malika, uning zoti oliy qiz.
Juda go`zal, o`sha asal,
U saroy qavatida o`sgan, devor undan ham baland.

Osmon yo`liga nur toshgan,
Oy atrofi yulduz to`lgan,
Xuddi rassom, g`azal solgan,
Kimningdir yuragida joy topgan.

Ismi yuragimda, mening yuragimda,
Man nima qilsam, o`zimga qaratsam.
Ismi yuragimda, mening yuragimda,
Unutaman desam, baribir bo`lmasa.

Yuragimda, mening yuragimda,
Maning hayotim ham uning qo`llarida.
Ismi yuragimda, mening yuragimda,
Sevishganlar bo`lsin yonma-yonda.

Yonma-yonda, yonma-yonda, ah… {x2}
Yonma-yonda, bo`lsin sevgi yonma-yonda.

Ketdi bahor, ko`z yumilmay o`tdi,
Aylanib vaqt, eski joyiga qaytdi.
Oliyjanob, yo`li savob,
Niyati yetgan, otalari aytgan.

Ikki yurak bitta nafas urganda,
Oqibat baxtli birga bo`lganda,
Esda qolgan, do`st saqlagan,
Qalbimda malika, esdalik yonda.

Osmon yo`liga nur toshgan,
Oy atrofi yulduz to`lgan,
Xuddi rassom, g`azal solgan,
Kimningdir yuragida joy topgan.

Ismi yuragimda, mening yuragimda,
Man nima qilsam, o`zimga qaratsam.
Ismi yuragimda, mening yuragimda,
Unutaman desam, baribir bo`lmasa.

Yuragimda, mening yuragimda,
Maning hayotim ham uning qo`llarida.
Ismi yuragimda, mening yuragimda,
Sevishganlar bo`lsin yonma-yonda.

Ismi yuragimda…
Osmon yo`liga nur toshgan… yuragimda…
Kimningdir yuragida… {x2}

Osmon yo`liga nur toshgan,
Oy atrofi yulduz to`lgan,
Xuddi rassom, g`azal solgan,
Kimningdir yuragida joy topgan.

Ismi yuragimda, mening yuragimda,
Man nima qilsam, o`zimga qaratsam.
Ismi yuragimda, mening yuragimda,
Unutaman desam, baribir bo`lmasa.

Yuragimda, mening yuragimda,
Maning hayotim ham uning qo`llarida.
Ismi yuragimda, mening yuragimda,
Sevishganlar bo`lsin yonma-yonda.

Yonma-yonda, yonma-yonda, ah… {x2}
Yonma-yonda, bo`lsin sevgi yonma-yonda.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ismi yuragimda
Xonanda:
Shaxriyor
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 3, 2016