Shaxriyor - Sevgi nima

Shaxriyor

Sevgi nima

Sevgi nima? Azob, hijronmi,
Yoki dilni mast etuvchi may?
Sevgi nima? Bu imtihonmi,
Yoki tong payt yig`latuvchi nay?

Sevgi nima? Ahdu vafomi,
Dilga cho`kkan xohish, xatomi?
Sevgi nima? O`tli nafasmi,
Yoki shunchaki orzu havasmi?

Sevgi nima? Go`zal ijodmi,
Sevishganlar umrbod shodmi?
Sevgi nima? Ilohiy kuchmi,
Yoki faqat itoat, burchmi?

Sevgi nima? Bir shirin tushmi,
Yoki sevib so`ng unutishmi?
Sevgi nima? (Sevgi nima?)
Sevgi nima? (Sevgi nima?) Ayt!

Ayt, kimga keragi bor yaralangan dil?
Nega boshqasin sevaman, demaydi til?
Qoldim bir o`zim, dilda og`rig`im bilan,
Sog`indim yulduzim, osmon esa baland.

Alam, alam, qizig`i yo`q olam,
Atrof to`la odam, jargacha bir qadam.
Hech kim bermas yordam, dunyo qorong`u ham,
Maylimi so`rasam…

Maylimi so`rasam, kimlarga beg`ubor boqadi ko`zlaring?
Kimning yuzini, ayt, silaydi qo`llaring?
Kimning mehridan so`ng men bo`ldim keraksiz?
Nega menga og`ir, nega og`ir sensiz?

Yuragim tubida, hukm suradi dard,
Ichimdan sezaman, sendan kechmog`im shart.
Vaqti kelib sendan ayrilishim bilar edim,
Lek baribir…

Sevgi nima? Bu azob yoki malham?
Bu savolga javob yo`q, hatto menda ham.
Kuyga solaman, dildan chiqgan so`zlarimni,
Visoling hali ham tark etmaydi o`ylarimni.

Sevgi nima o`zi? Nega unga intilamiz,
Mushkul erishamiz, so`ngra oson yo`qotamiz?
Bu dunyoni qutqaruvchi his bo`lsa muhabbat,
Unda meni hech kim qutqarolmaydi to abad.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevgi nima
Xonanda:
Shaxriyor
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 9, 2016

O'xshash qo'shiqlar matnlari