Shaxriyor – Yor-yor

Shaxriyor

Yor-yor

Eh, qanday aytib bersam ekan bu sevgi tarixini. Bu xuddi ertak, ikki qahramon.
Lekin biroz alamli. Biroq bu hayot, bu taqdir. Hamma qismat oldida ojizdir. Juda ko`p eshitganman, juda ko`p ko`rganman sevishganlarning hayotini. Lekin hozirgisi dilimda qolgan. Yuragimni rostakam ezgan.

Yor-yor, yangraydi yor-yor,
Kimdir bu kuydan baxtiyor.
Yor-yor, yangraydi yor-yor,
Kimdir bu kuydan baxtli, kimdirlar chekar ozor.

Yigit bilan qiz, go`zal muhabbat. Qattiq sevishardi bir-birlarini. Xayol qilishardi baxtiyor kunlarni, yanada ham baxtiyor kunlarni. Yillar o`tdi, qiz yetgan edi voyaga. Vaqt kelgan edi qizni uzatishga. O`rtadagi sevgi-muhabbat hech qanday sabab bola olmadi qizning otasiga. Javob bitta! Qiz unashtirildi boshqasiga.

Chorasiz qolgan yigitning kutishdan boshqa iloji yo`q edi. O`shanda yigit qizga sog`inchli bir xat yubordi. U xatda yigit bor dardini yordi. U xatda taxminan shu so`zlar yozilgan edi:

Yor-yor, yangraydi yor-yor,
Kimdir bu kuydan baxtiyor.
Yor-yor, yangraydi yor-yor,
Kimdir bu kuydan baxtli, kimdirlar chekar ozor.

“Salom, mening birinchi va so`nggi muhabbatim, dunyodagi yagona go`zalim, mening baxtim. Bil-ki seni oxirgi nafasimgacha esimda tutib, sevgimizni doimo avaylayman. Shuni unutmaginki, seni bir umr sevib yashayman. Seni ko`rib turib, lekin san bilan so`zlasholmasdan turolmayman. Lekin man xayolan doimo san bilan.”

Bu xat qiz uchun havodek edi, sevgilisidan qolgan yagona yodgorlik bo`ldi. Oradan qancha yillar o`tib ketsa ham, bu xatni qiz har bir baxtiyor, har bir quvonchli kunlarida, butun umri davomida tez-tez o`qib turadigan esdalik, sevgilisidan qolgan yagona yodgorlik deb saqlardi.

Yor-yor, yangraydi yor-yor,
Kimdir bu kuydan baxtiyor.
Yor-yor, yangraydi yor-yor,
Kimdir bu kuydan baxtli, kimdirlar chekar ozor. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yor-yor
Xonanda:
Shaxriyor
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 29, 2016