Sherali Jo'rayev - Andijon tomonlarda

Sherali Jo'rayev

Andijon tomonlarda

Oh, yor-yoray…

Axtaraymu, qaydasan, bu shirin zamonlarda,
Xorazm yo Toshkand, Andijon tomonlarda? {x2}

Sen yiroqsan yo yaqin, ko’rsam, deya jonim halak,
Birgina menda tilak – qolmayin gumonlarda. {x2}

O’tsalar gul yuzlilar, xushqomat, shirin so’zlilar, {x2}
Sen desam, ko’z suzilar, qoshlari kamonlarda. {x2}

Oh, oh, yor-yor-a.

Axtaraymu, qaydasan, bu shirin zamonlarda,
Xorazm yo Toshkand, Andijon tomonlarda?

Biz kabi oshiqni ham yo’qlab kel, ey qoshi qalam, {x1+x1}
Bormu qasding buncha ham biz kabi yomonlarda? {x2}

Tojiku Turku Iroq yoki dengizdan yiroq, {x2}
Qayda bo’lsang-da, biroq bo’l omon, omonlarda. {x2}

Ey, yor-a…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Andijon tomonlarda
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 26, 2015