Sherali Jo'rayev - Avvalgilarga o'xshamas

Sherali Jo'rayev

Avvalgilarga o’xshamas

Charx avzoyi bu dam avvalgilarga o`xshamas,
Ko`nglum ichra dardu g`am avvalgilarga o`xshamas,
Kotibu davru raqam avvalgilarga o`xshamas,
Endi inson qadri ham avvalgilarga o`xshamas,
Kim ul oyning hajri ham avvalgilarga o`xshamas.

Har kishikim bir ulug` ishga etibdir jon nisor,
Shiddati pastu baland kelganda ham bo`lmaydi or,
Ey falak, {x2} hech kimni etma besamar yo`llarda xor,
Javridin erdi alamlar, emdi tutmish o`zga yor,
Ne sitamkim, bu alam avvalgilarga o`xshamas.

Ona Sharq tojin kiyur, zulmatda ushlatmang meni,
Bodayi haq mastiman, yolg`onga uyg`atmang meni, (x2)
O`z xayolimga qo`ying, o`zgaga ishlatmang meni,
Ishq aro Farhod ila Majnunga o`xshatmang meni,
Kim bu rasvoyi dajam, avvalgilarga o`xshamas.

Ona Sharq tojin kiyur, zulmatda ushlatmang meni,
Bodayi haq mastiman, yolg`onga uyg`atmang meni,
O`z xayolimga qo`ying, o`zgaga ishlatmang meni,
Ishq aro Farhod ila Majnunga o`xshatmang meni,
Kim bu rasvoyi dajam, avvalgilarga o`xshamas.

Kotibu davru raqam avvalgilarga o`xshamas,
Endi inson qadri ham avvalgilarga o`xshamas.

Har kima har xil yozur Arsh Mirzosi sana,
Aylanur oyina bu, hech bitta ish topmas pana,
Nafs ipiga bog`lidur ruh iplarin uzgan tana,
Ko`yining ehromidan ko`nglimni man etmang yana,
Kim anga azmi haram avvalgilarga o`xshamas.

So`kmak o`tganlar ishin notavonlar rasmikim,
O`z zamonin rost etar qavmi mardlar asli kim,
Shu hayot tilsimlarin ochmoq omonlar kasbikim,
Ey Navoiy, qilma Jamshidu Faridun vasfikim,
Shoh G`oziyga karam, avvalgilarga o`xshamas.

Ushbu qo’shiq matni uchun Avazbek Mamatqulovga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Avvalgilarga o’xshamas
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 12, 2016