• Ko`ngil ichra nechuk olam, nechuk sulton bilmassan,
    Tanam sarg`aydi, poyim ustivor, chandon bilmassan.

    Munavvar bir quyoshmen, dur to`la to`lqinli ummonman,
    Zamin tegramdadir, dilda yashar osmon, bilmassan. {x2}

    Jahon bo`stonida bir bolaridek uchganim-uchgan,
    Asaldek so`zlarim, lekin senga pinhon – bilmassan.

    Aql begonamish senga, bu demish fahmu farosat ham,
    Bilarman deb dam urma, bilganing yolg`on, bilmassan.

    Ko`ngil ichra nechuk olam, nechuk sulton bilmassan,
    Tanam sarg`aydi, poyim ustivor, chandon bilmassan.