Sherali Jo'rayev - Bobodehqon

Sherali Jo'rayev

Bobodehqon

Beshikdan sahroga uloqqan yo`llar, {x2}
Qilichmas ketmonga uzangan qo`llar,
Tuproqdan yaralgan rizqu tiriklik,
Ona allasidan boshlangan kuylar.

Tuproqdan yaralgan rizqu tiriklik,
Ona allasidan boshlangan kuylar.
Belingga quvvat bo`lay, dardingga darmon,
Mehnat deya tug`ilgan, ey bobodehqon.

Yetmish-saksongacha ishlab tolmading,
Mehnatsiz turmushni ko`ra olmading,
O`pqonu xalqumlar yamlab ketsa-da,
Ko`ngil deb haqingni so`rab olmading.

O`pqonu xalqumlar yamlab ketsa-da,
Ko`ngil deb haqingni so`rab olmading.
Belingga quvvat bo`lay, ey bobodehqon,
Yer kabi kamtarin, ey ona dehqon.

Yerga egilasan ertadan to kech,
Bu kamtar to`ningni biron marta yech,
Seni mehnating-la gerdayganlarni
To`ydirib, kiydirib, gerdaymading hech.
Belingga quvvat bo`lay, dardingga darmon,
Mehnat deya tug`ilgan, ey bobodehqon,
Senga yelkadoshdur chorvador, cho`pon.

Chorvador deganda cho`l, tog` eslanar,
Xorg`in cho`pon tutgan tayoq eslanar,
Ba’zan cho`ponlarning zahmati qolib,
Barra kabob, qimiz, qaymoq eslanar.

So`zim yoqmaganlar chidab tursinlar,
Issiq tanasiga o`ylab ko`rsinlar.
Sen oylab o`tkazgan qoru yomg`irda
Mard bo`lsalar, bir kun turib bersinlar.

Sen oylab o`tkazgan qoru yomg`irda
Mard bo`lsalar, bir kun turib bersinlar.
Ulug` Vatan uchun zirhu qalqonim,
Chorvador cho`ponim, bobo dehqonim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bobodehqon
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 26, 2016