• Sherali Jo'rayev - Dilbar qo'lida sozi

    Sherali Jo'rayev

    Dilbar qo’lida sozi

    Dilbar qo`lida sozi,
    Har pardasida nozi,
    Noz uzra ishq rozi,
    Ko`zi xumor kuylar,
    Chertib dutor kuylar.

    Kuylar ko`ngil xumorin,
    Ham san’atin, bahorin,
    Aytib ko`ngilda borin,
    Gulyuznigor kuylar,
    Chertib dutor kuylar.

    Atlas libosi gulgun,
    Ham qoshiyosi gulgun, (x2)
    Nozu adosi gulgun,
    Mastonavor kuylar,
    Chertib dutor kuylar.

    Ohangi dilga monand,
    Jon pardasiga payvand,
    U borini etib band,
    Mastonavor kuylar,
    Chertib dutor kuylar.

    Baxtin etib tarona,
    Kuylaydi yona-yona,
    Shu dilrabo zamona,
    Yahyoga yor kuylar,
    Ko`zi xumor kuylar,
    Chertib dutor kuylar.

    Mastonavor kuylar,
    Gulyuznigor kuylar,
    Ko`zi xumor kuylar,
    Yoriga zor kuylar.