Dil poradur, dilbar,
Nachoradur dilbar,
Oshiqlaring olam kezib,
Sayyoradur dilbar.

Majnun ila kezdim,
Farhod-la so`ylashdim, (x2)
Yetti iqlim shafiq anga,
Ishq dostonin yozdim.

Qalbimning rangini
Lolaga o`tkardim.
Chin oshiqlar ishqing deya,
Ovoradur dilbar.
Olam kezib, oshiqlaring
Sayyoradur dilbar.

Bag`ri o`yiq, torli,
Yetti hanjar tirnar.
Ko`ksiga qo`l yetsa,
Nola qilib yig`lar.

Barmoqlarda qalbim ezib,
Chertib-chertib o`ynar.
Chin oshiqlar vasling deya,
Ovoradur dilbar.
Oshiqlaring olam kezib,
Sayyoradur dilbar.

Dunyo nadur, dilbar,
Savdo nadur, dilbar?
Oshiqlaring olam kezib,
Sayyoradur, dilbar.

Dil poradur, dilbar,
Nachoradur dilbar, (x2)
Oshiqlaring olam kezib,
Sayyoradur dilbar. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dilbar
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Omon Matjon
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 29, 2016