Husning oldida yorishgay g`am to`la bu diydalar, {x2}
Dardi yo`qlar ko`rsa hamki, qalbim beun tintalar.

Husningu odobu xulqing barchani qilmish asir,
Tahsin aytmish senga yuz minglab qadar volidalar. {x2}

Bu jahon oyinasida bir ko`rish ishqi bilan, {x2}
Necha Xusrav, necha Farhod oyina oldidalar. {x2}

Senku Laylidin go`zalroq hamda Shirindan shirin, {x2}
Jon olar lutfing valekin jon ato bu xandalar. {x2}

Andijondin topmayin, bordim Samarqand, Xorazm,
Qayga bormay menga hamdam qancha oshiq yo`ldalar.

Menga derlar: bedavo oshiq, senga yo`l qaydadur? {x3}
Necha Farhod tog`u toshda qancha Majnun cho`ldalar.
Qancha Farhod tog`u toshda necha Majnun cho`ldalar.

Menki oshiqlik yo`lidin qaytmasam oxir kelib,
Oshino bo`lg`ayki albat, muazzam mavludalar. {x2}

Husning oldida yorishgay g`am to`la bu diydalar,
Vasling izlab kecha-kunduz tanda jonim qiynalar. {x3}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Diydalar
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 6, 2016