Sherali Jo'rayev - Dunyoni qizg'onma

Sherali Jo'rayev

Dunyoni qizg’onma

Dunyoni qizg`onma mendan, azizim, azizim,
Men sening ko`changdan-a o`tmasman zinhor.
Bu olamda mening ham o`z aytar so`zim
Va o`zim sig`inar azizlarim bor.

Dunyoni qizg`onma mendan, azizim, azizim,
Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo.
Sen yurgan tog`larda qolmagay izim,
Sen kechgan daryodan kechmasman aslo.

Dunyoni qizg`onma mendan, azizim, azizim,
Qalbingni bosmasin shubha va so`roq,
Men boshqa manzilga tikkanman ko`zim,
U sening kulbangdan juda ham yiroq. (x2)

Dunyoni qizg`onma mendan, azizim, azizim…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dunyoni qizg’onma
Xonanda:
Sherali Jo'rayev
Muallif:
Abdulla Oripov
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 8, 2016